TOShKENT, 10 yanv – Sputnik. Bugun, 10-yanvar kuni Shavkat Mirziyoyev Yunusobod tumaniga tashrif buyuradi, deb xabar qildi UzNews.uz nashri.
Davlat rahbari tashrif davomida yaqinda ta’mirdan chiqqan O‘zbekiston IIV patrul-post xizmati binosiga boradi.
Bundan tashqari, bugun, 16:00da prezident raisligida xavfsizlik kengashiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkaziladi.