O‘zbekiston Rossiyadan eng ko‘p avtomobil import qiluvchi mamlakatlar uchligiga kirdi

2018 yilda O‘zbekiston Rossiyadan eng ko‘p avtomobil import qiluvchi mamlakatlar uchligiga kirdi.
Sputnik

TOShKENT, 9 yanv – Sputnik.  “Avtostat” tahliliy agentligi xabariga ko‘ra, 2018-yilning 11 oyi natijalariga ko‘ra O‘zbekiston Rossiyadan eng ko‘p avtomobil import qiluvchi mamlakatlar uchligiga kirdi.

Rossiyada sotilgan Ravon avtomobillarida ommaviy nosozlik topildi

Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu davr mobaynida Rossiya 26 mingdan ortiq yengi avtomobil eksport qilgan. Undan 70% asosiy 5ta mamlakatlarga yuborilgan.

Birinchi o‘rinda – Chexiya (6,3 mingta avtomobil), ikkinchi o‘rinda - Ukraina (3,8 ming)  va uchinchi o‘rinda – O‘zbekiston (3,1 ming).  Undan keyingi o‘rinlarda Latviya (2,9 ming) va Ozarbayjon (2,4 ming).

Ushbu saytda Rossiyaga import qilingan avtomobillar statistikasi ham keltirilgan. Unda xabar qilinishiga ko‘ra, 2018-yilning 11 oyi davomida Rossiyaga 213 ming dona yengi avtombil olib kelingan.

Rossiyaga avtombil eksport qiluvchi eng ilg‘or mamlakatlar o‘ntaligi quyidagicha bo‘ldi:

  1. Yaponiya – 69 mingta avtomobil
  2. Germaniya – 34 ming avto
  3. AQSh – 18,8 ming
  4. Buyuk Britaniya – 16,5 ming
  5. Tailand – 10,3 ming
  6. Slovakiya – 7,3 ming
  7. Vengriya – 6,5 ming
  8. Turkiya – 6,4 ming
  9. Xitoy – 5ming
  10. Finlandiya – 4,2 ming