Toshkentda birinchi uch pog‘onali yo‘l o‘tkazgich foydalanishga topshiriladi

Yirik yo‘l o‘tkazgichning umumiy uzunligi 618, kengligi 30 metrni tashkil etadi va 6 ta avtomobil yo‘laklariga mo‘’jallangan bo‘ladi.
Sputnik

TOShKENT, 9 yanv – Sputnik. Toshkentda birinchi uch pog‘onali yo‘l o‘tkazgich foydalanishga topshiriladi, deb xabar qildi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati.

Investorlarga pullik magistral yo‘llar qurish uchun yo‘l va yer uchastkalari beriladi

Bosh rejaga ko‘ra dastlab umumiy uzunligi 484, kengligi 26,7 metrni tashkil etuvchi tunnel quriladi.

Mazkur inshootning balandligi jahon standartlariga mos ravishda 5,5 metr bo‘lib, har ikki yo‘nalishda 3 ta avtomobil yo‘lagi barpo etiladi.

Shuningdek, bu yerda loyiha doirasida yoritish tizimi, suv chiqarish ariqchalari quriladi. Ikkinchi bosqichda yer sathidan 1 metr balandlikda diametri 50 metrni tashkil etadigan doirasimon yo‘l o‘tkazgich qurish ishlari olib boriladi.

Eng asosiysi ushbu hududda Maxtumquli va Sharqiy aeroport ko‘chalarini bog‘lovchi ulkan yo‘l o‘tkazgich tiklashnishi ham rejalashtirilgan.

Toshkent qaysi chorrahalarida yangi yo‘l belgilari o‘rnatiladi

Mazkur inshoot Toshkent viloyatining Parkent, Yuqori Chirchiq, Bo‘stonliq tumanlari tomon harakatlanuvchi avtomobillar boshqaruvchilari uchun qator qulayliklar yaratadi. Xususan, mazkur xududlarga eltuvchi zamonaviy magistral bunyod etiladi. Uning natijasida ushbu xududlargacha bo‘lgan masofa deyarli 20 km.ga qisqaradi.

Joriy yil oxiriga qadar loyihaga qiritilgan barcha inshootlarni to‘la qurib bitirish va foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.