Rossiyada 13 yoshli qiz selfi olaman deb o‘zini otib qo‘ydi

Rossiyaning Mitishi shahrida 13 yoshli qiz suratga tushish vaqti travmatik to‘pponchadan o‘zini jarohatladi.
Sputnik

TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. Rossiyaning Mitishi shahrida istiqomat qiluvchi 13 yoshli qizaloq selfi olaman deb, o‘zini jarohatladi. Bu haqda Rossiyaning Moskva viloyatidagi Tergov qo‘mitasining Bosh tergov boshqarmasi xabar berdi. Hodisa 5-yanvar kuni shahar tashqarisidagi uyda sodir bo‘lgan.

Yosh o‘zbekistonlik o‘z o‘limi oldidan videotranslyatsiya orqali "dardini yorgan"

Qizaloq otasining travmatik to‘pponchasi bilan suratga tushishga qaror qiladi va otasining ruxsatisiz to‘pponchani g‘ilofdan chiqaradi.

“Qiz ehtiyotsizligi tufayli, tasodifan qurol tepkisini bosadi va o‘z yuziga o‘q uzadi. Oqibatda uning pastki jag‘i sinadi”, - deyilgan xabarda.

Hozirda dastlabki tekshiruv o‘tkazilmoqda. Qizaloqning otasi esa qurolni belgilangan ehtiyot choralariga muvofiq saqlamagani uchun - ma’muriy javobgarlikka tortildi.