TOShKENT, 8 yanv – Sputnik. Noma’lum kishi Pekin shahridagi Ksicheng mavzusida joylashgan boshlang‘ich maktablardan biriga bostirib kirib 20 nafar o‘quvchiga jarohat yetkazdi, deb xabar qilmoqla Russia Today Xitoyning CGTV telekanaliga asosan.
Xitoyning People's Daily nashri xabariga ko‘ra, ayni damda ushbu jinoyatda gumon qilinayotgan shaxs hisbga olingan. Jarohatlangan o‘quvchilar shifoxonaga joylashtirilgan. Jinoyatchi qanday quroldan foydalangani va ushbu jinoyatning motivlari hozircha xabar qilinmagan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning oktabr oyida Xitoydagi bolalar bog‘chalaridan biringa oshxona pichog‘i bilan qurollangan ayol hujum qilib 14 ta bolaga jarohat yetkazgan edi. 2017-yilning yanvar oyida ham shunga uxshagan jinoyat sodir bo‘lgan, unda jinoyatchi 11 nafar bog‘cha bolalariga jarohat yetkazgan edi.