Bojxonachilar 5 milliard so‘mlik kontrabandani qo‘lga kiritishdi

Konteynerdan "sintetik ip " o‘rniga qiymati 5 milliard so‘mlik 1206 dona LG rusumli televizorlar chiqdi.
Sputnik

TOShKENT, 8 yanv – Sputnik. Davlat bojxona qo‘mitasi xodimlari O‘zbekistonga noqonuniy ravishda olib kelinayotgan katta miqdordagi kontrabanda tovarlarini fosh qilishdi.

O‘zbekistonda 2019-yil 1-yanvardan boshlab bojxona yig‘im stavkalari o‘zgaradi

Buxoro viloyatida faoliyat yurituvchi mas’uliyati cheklangan jamiyatlardan biri nomiga jo‘natilgan yuk konteynerlarida, hujjatlarga ko‘ra, 389 o‘rinda qiymati 5422 AQSh dollariga teng bo‘lgan “sintetik ip”​ tovarlari bo‘lishi kerak edi.

Biroq konteynerlar bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda unda hujjatlarda ko‘rsatilmagan qiymati 5 milliard so‘mlik jami 1206 dona LG rusumli televizorlar mavjudligi aniqlangan.

Ayni damda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.