TOShKENT, 7 yanv – Sputnik. Vazirliklar va idoralar bir oy ichida chet elda yashaydigan o‘zbekistonlik yetakchi mutaxassislar ro‘yxatini tuzishi kerak. Ularning salohiyatidan O‘zbekistonda islohotlarni amalga oshirishda foydalanish rejalashtirilgan. Bu haqida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yangi qarorida aytib o‘tilgan.
“Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Jamg‘armaga:
- mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni amalga oshirishga yetakchi xorijiy ekspertlar, shu jumladan, chet elda yashaydigan vatandoshlarni jalb etish hamda ularning salohiyatidan foydalanish masalalarini ishlab chiqish uchun iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari bo‘yicha talab etiladigan mutaxassisliklar ro‘yxatini;
- ilgari tegishli vazirliklar va idoralarning markaziy apparatlari va tarkibiy bo‘linmalarida ishlagan, hozirda chet elga chiqib ketgan yuqori malakali mutaxassislar ro‘yxatini kiritsin”, - deyilgan qaror matnida.
Undan tashqari O‘zbekiston prezidentining yangi qarorida OAVlar tomonidan Respublikada amalga oshirilayotgan barcha islohotlarni keng yoritib borish tavsiya etilgan.
Ushbu yilning 4-yanvarida e’lon qilingan Prezident qarorining to‘liq matni bilan quyida tanishish mumkin.