Rossiya qo‘riqchi kemasi Qora dengizga kirgan AQSh kemasini kuzatmoqda

Rossiya fikriga ko‘ra, AQShning ushbu harakatlari - mutlaq ma’suliyatsizlik bo‘lib, bu hududda harbiy keskinlikning oshishiga olib kelishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 7 yanv – Sputnik. Rossiya Harbiy dengiz flotining “Pitliviy” nomli qo‘riqchi kemasi USS Fort McHenry nomli AQSh harbiy-desant kemasining harakatlarini kuzatmoqda, deb xabar qilmoqda Russia Today.

AQSh harbiy-desant kemasi Qora dengiz akvatoriyasiga 6-yanvar soat 21:00 da kirib kelib Ruminiyaning Konstansa porti tomon yo‘l olgan edi.

FXX Rossiya chegarasini buzgan Ukraina harbiy kemalarini namoyish qildi - video

AQSh ma’lumotiga ko‘ra “Fort MakGenri” Qora dengizga “NATO mamlakatlari va hududdagi hamkorlar bilan bilan munosabatlarni mustahkamlash hamda AQSh harbiy kuchlarining imkoniyatlarini namoyish qilish maqsadida” kirib kelgan.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yil davomida AQSh harbiy kemalari Qora dengiz hududiga bir necha bor kirgan edi. Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova aytishiga qaraganda, Vashington tomonidan bunday harakatlarning amalga oshirilishi "mutlaq ma’suliyatsizlik bo‘lib, bu Qora dengiz hududida harbiy keskinlikning oshishiga" sabab bo‘lishi mumkin.

Shuningdek ushbu voqealar Ukraina tomonidan 2018-yilning 25-noyabrida Kerch ko‘rfazida amalga oshirilgan fitnaning davomi ham bo‘lishi mumkin. O‘shanda 3ta Ukraina kemasi ataylab Rossiya chegarasini buzib o‘tgan va Rossiya harbiylari tomonidan hibsga olingan edi.

Ma’lumot uchun: USS Fort McHenry – katta desant kemasi bo‘lib, uning bortida 36 ta gusenitsali desant-amfibiya harbiy mashinalari (AAV7) hamda 500 dan ortiq dengiz piyoda askarlari joylashtirilishi mumkin. Kema 25-millimetrli zambaraklar, pulemotlar va zenit majmualari bilan jihozlangan.