TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. Toshkentdagi “Aviasizlar” dehqon bozori (sobiq Kadisheva) o‘rniga yangi majmua – savdo va maishiy xizmat markazi hamda parkovka quriladi, deyilgan O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining yangi qarorida.
Yaqin orada u yerda yo‘llarni kengaytirish hamda avtomobil parkovkasi qurish ham rejalashtirilgan. Loyihaning umumiy qiymati 100 million dollarga yaqin. U Auto Solution kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi, - deyilgan xabarda.
Hukumat qarorida aytilishiga ko‘ra, ayni damda ushbu joyning holati yaxshi emas. Bozor binosi avariya holatiga kelib qolgan. Sotuvchilar mahsulotlarni yerga qo‘yib sotish holatlari kuzatilmoqda.
Uning ustiga, 2018-yilning sentabr oyida bozor direktori Yashnobod tuman Bosh prokuroratura departamenti rahbariga 550 dollar pora berish vaqti qo‘lga olingan edi.