TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. Bugun, 5-yanvar kuni Qurolli kuchlar Akademiyasi shaxsiy tarkibi o‘rtasida “Yarim marafon” yugurish sport turi bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi, deb xabar qildi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.
Xabarda aytilishicha, marafon davomida 5-yanvar kuni 15:00 dan 17:00 ga qadar Mustaqillik ko‘chasi, Kichik halqa aylanma yo‘li orqali ko‘prik tagi bilan Maxtumquli ko‘chasi, Mirzo Ulug‘bek shoh ko‘chasi va Parkent chorrahalari orqali Mustaqillik ko‘chalarida avtomobil harakati bir muddatga cheklanadi.
Toshkent shahridagi ayrim ko‘chalarda harakat vaqtinchalik cheklanadi
© Press-slujba xokimiyata Tashkenta