Ravshan Ermatov Suriya – Falastin uchrashuvini boshqaradi

Unga Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov yordam berishadi.
Sputnik

TOShKENT, 5 yanv  — Sputnik. 6-yanvar kuni Osiyo Kubogi 1-turidan o‘rin olgan Suriya – Falastin uchrashuvini o‘zbekistonlik hakam Ravshan Ermatov boshqarib boradi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar qildi.

Ravshan Ermatov Vasiliy Utkinga sovg‘a berib yubordi

Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov yordam berishadi. Darvoza ortida esa Ilgiz Tantashev va Valentin Kovalenko ishlaydi. To‘rtinchi hakam – Sergey Grishchenko (Qirg‘izston).

Bugun, 5-yanvar kuni BAAda Osiyo Kubogi start oladi. Ochilish uchrashuvida BAA terma jamoasi Bahrayn bilan kuch sinashadi.

Ushbu uchrashuvni iordaniyalik Adham Muhammad boshqarib boradi.