TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. Dubayda 1,5 million dollarlik kema cho‘kib ketdi, deb xabar qildi RIA Novosti The National nashriga asosan.
Voqea sodir bo‘lganda kemada 11 nafar turist bo‘lgan.
Voqeaga guvoh bo‘lganlar internetda videoni joylashtirishdi.
Kemada bo‘lgan turistlar va ekipaj a’zolari jarohat olishmadi. Ular politsiya xodimlari tomonidan qutqarib olindi.
Xabarda aytilishicha, kemada Rossiya fuqarolari ham bo‘lgan.