Rahimberdi Rahmonov Toshkent bosh imomi etib tayinlandi

"Minor" jome masjididagi 4-yanvar kungi juma namozida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Ibrohim Inomov namozxonlarga yangi bosh imom-xatibni tanishtirdi.
Sputnik

TOShKENT, 4 yanv - Sputnik. Rahimberdi domla Rahmonov Toshkent shahar bosh imomi etib tayinlandi, deb xabar qildi Musulmonlar idorasi matbuot-xizmati.

"Bugun, 4-yanvar kuni Toshkent shahridagi “Xo‘ja Alambardor” jome masjidi imom-xatibi Rahimberdi domla Rahmonov O‘zbekiston musulmonlari idorasining Toshkent shahridagi vakili, shahar bosh imomi va Yunusobod tumani “Minor” jome masjidi imom-xatibi vazifalariga tayinlandi", - deyiladi xabarda.

Toshkent shahri Yunusobod tumanida joylashgan "Minor" jome masjididagi 4-yanvar kungi juma namozida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Ibrohim domla Inomov namozxonlarga yangi bosh imom-xatibni tanishtirdi.

Musulmonlar idorasi Rahmonovning ushbu sharafli vazifalarda Alloh taolodan kuch-quvvat so‘rab qolgan.