Baxtli kecha: Islom Karimov oilasi ta’sirli suratni e’lon qildi

Surat 2015-yilda Toshkentda olingan. Kadrda O‘zbekistonning birinchi prezidenti o‘z rafiqasi bilan birgalikda tasvirlangan.
Sputnik

TOShKENT, 2 yanv - Sputnik. Islom Karimov jamg‘armasining Telegramdagi sahifasida shu vaqtga qadar ommaga e’lon qilinmagan birinchi prezident oilasi surati omma e’tiboriga haqola etildi.

Surat 2015-yilda Toshkentda olingan. Kadrda O‘zbekistonning birinchi prezidenti o‘z rafiqasi Tatyana Akbarovna bilan birgalikda Yangi yil archasi fonida tasvirlangan.

Moskva markazida Islom Karimov haykali ochildi >>>

Fotosurat shunisi bilan noyobki, unda Islom Karimov norasmiy muhitda, oila davrasida tasvirlangan va juda xursandligi suratdan ko‘rinib turibdi.

Baxtli kecha: Islom Karimov oilasi ta’sirli suratni e’lon qildi

Ilgariroq Jamg‘arma sahifasida Islom Karimov nabirasi Mariamga kechki Toshkentni ko‘rsatayotgan surat paydo bo‘lgan edi.

Islom Karimovning birinchi mobil telefoni qanaqa bo‘lgan? >>>