Anomal jazirama! 2019-yilda qanday ob-havo kuzatiladi - olimlar prognozlari

Sputnik Amerika va Yevropa iqlimshunoslari qanday ob-havoni bashorat qilishayotganini aniqladi
Sputnik

TOShKENT, 2 yanv — Sputnik. Yangi yil kirib keldi, g‘arblik olimlar esa bir yillik prognozlarni tayyorlashga ulgurdilar. Sputnik Qirg‘iziston nashri bu ma’lumotlar bilan tanishib chiqdi va 2019-yilda bizni qanday ob-havo kutayotgani haqida maqola tayyorladi.

O‘zbekistonda Yangi yil oqshomida nega qor yog‘mayapti? Sinoptiklar javobi

National Geographic ma’lumotiga ko‘ra, AQShning Kaliforniya shtatidan bo‘lgan mutaxassislar bu yil anomal jaziramani prognoz qilishmoqda - tarixda bo‘lmagan issiq havo bo‘lishi aytilmoqda. Klimatolog Samanta Stivensonning ta’kidiga ko‘ra, bu Tinch okeani sharqida suv sathi temperaturasi keskin oshishi (El-Nino fenomeni) bilan izohlanadi.

"El-Ninoni hisobga olganda, 2019-yil tarixdagi eng issiq yil bo‘lishi mumkin", — degan Stivenson.

El-Nino Tinch okeani ekvatorial qismida suv sathida keskin o‘zgarishlar yuz berganida yuzaga keladi. Bu holat quruq shamol tezligi hamda okean tubi suvlari ko‘tarilishini susaytirishi yoki to‘liq blokirovka qilishi mumkin, bu esa o‘z navbatida butun koinotdagi iqlimga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.

Butunjahon meteorologik tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2015-yildan 2018-yilga qadar eng issiq to‘rt yil kuzatilgan. Bu esa rekord darajaga yetgan karbonad angidrid gazi ishlab chiqarilishi bilan izohlanadi.

Rossiya gidrometsentri 2019-yilda xavfli tabiat hodisalari soni, birinchi galda suv toshqinlari ortishini prognoz qilgan.

2019 yilda bizni nima kutmoqda - Vanga va Nostradamus bashoratlari

Idora direktori Dmitriy Kiktayev RIA Novosti bilan suhbatda shunday prognozni aytgan. Kiktayev tabiiy ofatlar iqlim o‘zgarishi, ya’ni global isishga bog‘liqligini, qish mavsumi iliqlashib, oydinlashib borayotganiga aniqlik kiritgan.

Fransiyaning okean fizikasi laboratoriyasi va masofadan turib sputnik orqali zondlash hamda Buyuk Britaniyaning Sautgempton universiteti tadqiqotchilari yaqin besh yilda, xususan, 2019-yilda ham ob-havoda anomal jazirama kuzatilishini aytganlar. Ular iqlimni prognoz qiluvchi tezkor modelini ishlab chiqish orqali shunday xulosaga kelishgan. Ushbu modelga ko‘ra, 2018–2022 yillarda issiq prognozlarda nazarda tutilgandan ko‘ra, (unchalik bo‘lmasada - 1/10 gradusga) kuchliroq bo‘ladi. Ammo olimlarning ogohlantirishiga ko‘ra, Yer shari tempuraturasining o‘rtacha 0,5 darajaga oshishi ham iqlimda radikal o‘zgarishlar yuz berishi xavfini keltirib chiqaradi.