Yanvar oyi birinchi haftasi uchun ob-havo

O‘zbekistonda havo harorati 5-10 daraja iliq kechadi
Sputnik

TOShKENT, 1 yanv - Sputnik. Sinoptiklar bashoratiga ko‘ra, yanvar oyining birinchi haftasida O‘zbekistonda bulutli kechishi va ayrim joylarda yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin.

O‘zbekistonda Yangi yil oqshomida nega qor yog‘mayapti? Sinoptiklar javobi

1 yanvar kuni O‘zbekistonda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarga yomg‘ir yog‘adi.

Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.

Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

G‘arbdan esuvchi shamol tezligi soniyasiga 7-12 metrni tashkil qiladi. Havo harorati 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida hafta davomida bulutli ob-havo kuzatiladi.

Havo harorati kunduzi +4 - +11°daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.