Mirziyoyev Putinga hamdardlik bildirdi

Chelyabinsk viloyatida yuz bergan portlash oqibatida ayni vaqt holatiga ko‘ra, 37 inson taqdiri noma’lumligicha qolmoqda
Sputnik

TOShKENT, 1 yanv - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyaning Magnitogors shahrida yuz bergan fojia munosabati bilan Vladimir Putinga hamdardlik maktubini yo‘lladi.

Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot-xizmati xabar qilmoqda.

TIV: Magnitogorskda O‘zbekiston fuqarosi qurbon bo‘lmagan

"O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Magnitogorsk shahrida ko‘p qavatli uy qulashining fojiali oqibatlari munosabati bilan Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga chuqur hamdardlik bildirdi", - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Chelyabinsk viloyati Magnitogorsk shahrida 31-dekabr kuni Moskva vaqti bilan 4.00da gaz portlashi oqibatida ko‘p-qavatli turar joy podyezdi o‘pirilib tushgan va 26ta xonadon barbod bo‘lgan edi.

Ushbu xonadonlarda 46 kishi istiqomat qilgan, talafot yetgan hududda esa jami 120 kishi yashagan.

Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarosi borligini, u o‘ta og‘ir ahvolda ekanini aytgan edi.

Sal oldin yetti kishi halok bo‘lganini, besh kishi, shu jumladan bir nafar bolakay jabr ko‘rgani haqida xabar berilgan edi. Yana 37 kishining taqdiri noma’lumligicha qolmoqda. 

Ikkinchi yanvar sanasi Chelyabinsk viloyatida motam kuni deb e’lon qilingan.