Tojikistonda sovet harbiy unvonlar davlat tiliga tarjima qilinmaydi

Shu yil kuzda mutaxassislar Rossiya sovet harbiy unvonlarini tojik tiliga tarjima qilish taklif qilishgandi.
Sputnik

TOShKENT, 29 dek – Sputnik. Tojikiston mudofaa vazirligi sovet harbiy unvonlarni davlat tiliga tarjima qilmaydi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston.

Rossiya harbiylari Tojikiston tog‘larida “jangarilar”ni yo‘q qildi

“Jahonning ko‘p mamlakatlarda huddi shunday unvonlar mavjud, ularni tojik tiliga tarjima qilish ehtiyoj yo‘q”, - deyilgan respublika hukumati qoshidagi tilshunoslik qo‘mitasiga yo‘llangan Tojikiston Mudofaa vazirligining xatida.

Shu sababli qo‘mita harbiy unvonlar bo‘yicha tayyorlagan taklifini qoldirdi.

Tojikiston armiyasida harbiy unvon nomlari sobiq ittifoq davridan mavjud.

Shu yil oktabr oyida ekspertlar Rossiya sovet harbiy unvonlarini tojik tiliga tarjima qilish taklif qilishgandi.