Xo‘jaylidagi YTH oqibatida yuqori mansabli amaldorlar halok bo‘ldi

YTHning sodir bo‘lishiga asaflt yo‘lning sirpanchiqligi sabab bo‘lganligi aytilmoqda. Voqea tafsilotlari o‘rganilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 29 dek – Sputnik. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli tumanida 27-dekabr kuni og‘ir yo‘l transport hodisasi yuz berdi. Baxtsiz hodisa oqibatida 4 nafar kishi olamdan o‘tdi, deb xabar beradi “Xalq so‘zi” nashri.

Baxtsiz hodisa “Neksiya-3” markali avtomashinaning beton to‘siqqa borib urilganligi oqibatida sodir bo‘lganligi aytilmoqda. Kuchli zarba avtomashinaning gaz balloni otilishiga sabab bo‘lgan.

Vafot etgan fuqarolarning ikkitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligida faoliyat yuritib kelgan (bittasi vazir o‘rinbosari, bittasi mashina haydovchisi), bir kishi Tuyamo‘yin-Nukus mintaqaviy suv o‘tkazgichidan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari va bittasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi yetakchi mutaxassislaridir.

YTHning sodir bo‘lishiga asaflt yo‘lning sirpanchiqligi sabab bo‘lganligi aytilmoqda. Voqea tafsilotlari o‘rganilmoqda.