Farg‘onada ikki yuzdan ortiq oilaga yangi uylar sovg‘a qilindi

Farg‘ona tumanida 105 ta, Uchko‘prik tumanlarida 104 ta oila yangi uyli bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 29 dek – Sputnik. Farg‘ona viloyatida yangi yil arafasida ikki yuzdan ortiq oilaga yangi uylar topshirildi, deb xabar qildi viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Farg‘ona tumanida 105 ta, Uchko‘prik tumanlarida 104 ta oila yangi uyli bo‘ldi.

Bu dasturga nogiron, ko‘p farzandli oilalar va sharoiti qiyin bo‘lgan odamlar kirdi.

Farg‘onada ikki yuzdan ortiq oilaga yangi uylar sovg‘a qilindi

“Bunday yangi yil tuhfasi uchun men prezidentimizga va viloyat hokimiga minnatdorlik bildiraman. Bu yil hayotimda eng baxtli yillardan biri bo‘ldi. Chunki yaqinda oilamizda egizak farzandlar dunyoga keldi. Men ikki karra baxtliman. Mening oilam yangi yilni yangi uyda kutib oladi”, - dedi Mindonobod qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Azimjon Xakimov.

Kuni kecha O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kirib kelayotgan yangi - 2019-yilni O‘zbekistonda “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb e’lon qilishni taklif etdi.