TOShKENT, 28 dek - Sputnik. Shvetsiya prokuraturasi payshanba kuni terakt uyushtirishda gumonlanayotgan olti nafar shaxsga ayblov e’lon qildi. RIA Novosti xabariga asosan.
Ulardan uch nafari o‘zbekistonlik va qirg‘izistonliklar. Ular o‘ta xavfli terrorchilik jinoyati tayyorlash, ID terrorchilik faoliyatini moliyalashtirishda gumonlanmoqdalar.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ular terakt sodir etish uchun alohida asbob-uskunalar va kimyo vositalarini katta hajmda sotib olishadi. O‘zlarining yarishin faoliyatini Stokgolm atrofida va markaziy Shvetsiyadagi Stremsund shahrida olib borishgan. Lekin hisbga olinganlar o‘z aybini tan olishmagan.
Ulardan kamida bir nafari ilgari boshqa bir o‘zbekistonlik - o‘tgan yil aprel oyida Stokgolmda terakt uyushtirganlikda aybdor deb topilib, umrbod qamoq jazosiga mahkum bo‘lgan Rahmat Oqilov bilan aloqada bo‘lgan.