Shavkat Mirziyoyev 2019-yil nomini e’lon qildi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga 2018-yilgi Murojaatnomasi boshlandi.
Sputnik

TOShKENT, 28 dek – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kirib kelayotgan yangi — 2019-yilni O‘zbekistonda “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb e’lon qilishni taklif etdi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar qildi.

Yangi yil kayfiyati: Toshkent bayramga tayyor

O‘zbekiston prezidentining bu taklifi yig‘ilganlar tomonidan gulduros qarsaklar bilan qo‘llab-quvvatlandi.

“Hech qaysi davlat investitsiyani rivojlantirmasdan, hech qanday natijaga erishmaydi. Eng murakkab yo‘l, bu investitsiya jozibardorligini sarmoyadorlarga yetkazish bo‘yicha katta ishlarni qilishimiz kerak. Muhitni yaratmas ekanmiz, oldimizga qo‘ygan yuksak marralarga erisholmaymiz.

Muhitni yaratmas ekanmiz, oldimizga qo‘ygan yuksak marralarga erisholmaymiz. Juda katta marra olyapmiz. Qaror, qonun, farmon, kerak bo‘lsa kadrlar dunyoqarashini o‘zgartirishimiz kerak. Joylardagi to‘siqlarni olib tashlasak, investitsiya muhiti ta’minlanadi”, -  dedi prezident.

Yig‘ilishda parlament rahbariyati va a’zolari, O‘zbekiston hukumati, viloyatlar hokimlari, akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpuslar va jamoatchilik vakillari ishtirok etmoqda.