Qarindoshining pasporti bilan Qirg‘izistonga o‘tmoqchi bo‘lgan kishi qo‘lga olindi

O‘zbekiston fuqarosi qarindoshiga tegishli bo‘lgan pasport bilan Qirg‘izistonga o‘tmoqchi bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 28 dek – Sputnik. Bugun, 28-dekabr kuni boshqa shaxsga tegishli bo‘lgan pasport bilan chegaradan o‘tmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Ushbu holat "Chechme-avto” nazoratdan o‘tish joyida sodir bo‘ldi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston respublika chegara xizmatiga asosan xabar qildi.

Pasport nazoratidan o‘tish vaqtida 57 yoshli kishi 25 yoshli fuqaroning pasportini taqdim etdi.

Chegarachilar so‘roq qilganida O‘zbekiston fuqarosi o‘z qarindoshining pasportidan foydalanmoqchi bo‘lganini tan oldi.

To‘xtatilgan fuqaro militsiyaga topshirildi.