Meksikadan timsoh, chayon va zaharli ilonni sovg‘a sifatida olib kelayotgan rossiyalik ushlandi

Ekspertiza o‘tkazilgandan keyin ma’muriy yoki jinoiy ish qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Hayvonlar maxsuslashtirilgan markazga vaqtincha ushlab turish uchun topshirildi.
Sputnik

TOShKENT, 28 dek — Sputnik. Moskvaning “Vnukovo” aeroporti bojxona xizmati xodimlari Meksikaning Kankun shahridan uchib kelgan shaxsning yuki ichidan tirik timsohlar va zaharli ilonni topishdi, deb yozadi RIA Novosti Rossiya Federal bojxona qo‘mitasining xabariga tayanib.

“Rossiya fuqarosi Rossiya hududiga 30 ta kichik timsohlar, 2 ta o‘rgimchak, 4 ta chayon hamda zaharli ilonni noqonuniy olib kirishga urindi”, - deyilgan xabarda.

Shok video – amerikalik timsohlar to‘la hovuzga quladi

Qo‘lga olingan shaxs bu hayvonlarni qarindoshlariga sovg‘a sifatida olib borayotganini ma’lum qilgan.

Dunyodagi eng keksa ona: hindistonlik ayol 65 yoshida farzandli bo‘ldi ˃˃˃

Ekspertiza o‘tkazilgandan keyin ma’muriy yoki jinoiy ish qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.  Hayvonlar maxsuslashtirilgan markazga vaqtincha ushlab turish uchun topshirildi.