O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi libosi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Germaniyaning Jako kompaniyasi bilan shartnoma imolagan va ushbu shartnomaga ko‘ra O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi - 2019 dan boshlab yangi liboslarda maydonda to‘p surishi belgilab qo‘yilgandi.
Sputnik

TAShKENT, 27 dek - Sputnik. Toshkentda O‘zbekiston milliy terma jamoasining Osiyo Kubogi – 2019 o‘yinlarida foydalanuvchi yangi libosi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Germaniyaning Jako kompaniyasi bilan shartnoma imolagan va ushbu shartnomaga ko‘ra O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi - 2019 dan boshlab yangi liboslarda maydonda to‘p surishi belgilab qo‘yilgandi. 

Bugun Milliy olimpiya qo‘mitasi binosida O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi libosi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Marosimda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Terma jamoalar departamenti direktori Sharofiddin Hojiniyozov, Xalqaro aloqalar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Olim Arifov, shuningdek, O‘FA mutasaddilari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdi.  Yig‘ilganlarga milliy terma jamoamiz uchun Jako kompaniyasi tomonidan tayyorlangan yangi formalar namoyish qilindi.

O‘FA Xalqaro aloqalar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Olim Arifovning so‘zlariga ko‘ra, milliy terma jamoa a’zolariga 116 xil libos va aksessuarlar bepul taqdim qilindi. Yetkazib berilayotgan liboslar ichida har qanday ob-havo sharoitida mashg‘ulot o‘tkazish va maydonda harakat qilishga mo‘ljallangan libos va aksessuarlar mavjud. 

O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi libosi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

“Jako kompaniyasi bilan 3-yillik shartnoma imzolangan bo‘lib, Milliy terma jamoamiz Jahon chempionati saralashida muvaffaqiyatli qatnashsa, shartnoma muddati uzaytiriladi va shartlari qayta ko‘rib chiqiladi", - dedi Olim Arifov.

O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi libosi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ektor Kuper qit’a birinchiligida O‘zbekiston sha’nini himoya qiladigan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qilgandi. Qit’a birinchiligi 5-yanvar kuni Birlashgan Arab Amirliklarida boshlanadi. O‘zbekiston terma jamoasi 9, 13 va 17-yanvar kunlari Ummon, Turkmaniston va Yaponiyaga qarshi maydonga tushadi.