TOShKENT, 27 dek - Sputnik. Toshkent shahrining Shayxontohur tumaniga hokim tayinlandi, deb xabar qildi Toshkent hokimligi matbuot-xizmati.
Xabarda keltirilishicha, Xalq deputatlari Shayxontohur tumani navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.
“Shu kunga qadar Shayxontohur tumani hokimi vazifasini bajaruvchi Muhamedxanov Shuhrat Sanjarovich, Shayxontohur tumani hokimi etib tayinlandi”, - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Olmazor, Mirzo Ulug‘bek va Mirobod tumanida hokim vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelgan rahbarlar hokim lavozimiga rasman tasdiqlangan edi.