O‘zbekistonda benzin narxi pasayishi shartlari haqida ekspert fikri

O‘zlari neft qazib oluvchi davlatlarning narxni past darajada ushlab turish uchun muayan imkoniyatlari bor, deydi ekspert.
Sputnik

TOShKENT, 26 dek — Sputnik. "O‘zbekneftgaz" AJ Boshqaruv raisi Bahrom Ashrafxonov O‘zbekistonda benzin narxi sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqaruvchi "Uzbekistan GTL" zavodi ishga tushgandan keyin pasayadi, deya xabar qilgandi.

Muammoni bir-ikkita yangi zavodlar yordamida yechib bo‘lmasligi haqida Iqtisod oliy maktabi Jahon energetik bozorlarini o‘rganish markazi direktori Vacheslav Kulagin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Neft sohasi modernizatsiya qilinishi va  bozor talablariga binoan yashashi kerak, deb hisoblaydi Vacheslav Kulagin. Benzin narxiga jahon narxlarining yoqilg‘iga nisbatan o‘zgarib turishi baribir ta’sir qilaveradi.

"O‘zlari neft qazib oluvchi davlatlarning narxni past darajada ushlab turish uchun muayan imkoniyatlari bor. Lekin ma’lumki, bu aslida davlat budjeti, biror bir daromaddan voz kechish hisobiga amalga oshiriladi. Bu esa O‘zbekistonning soliq, tartibga soluvchi siyosatiga bog‘liq bo‘ladi", - dedi ekspert.

Vacheslav Kulaginning to‘liq fikrlarini quyida rus tilidagi podkastda tinglashingiz mumkin.

O‘zbekistonda benzin narxi pasayishi shartlari haqida ekspert fikri