Yulduz Usmonova va San Jay uchrashuvi nima bilan yakunlandi

Rep qo‘shiqchisi Sanjar Javberdiyev Yulduz Usmonova bilan uchrashuvda "Karvon" qo‘shig‘ini kuyladi.
Sputnik

TOShKENT, 26 dek – Sputnik. O‘zbekiston estrada olamida tinch va osoyishtalik o‘rnatildi, kelishmovchiliklar ortda qoldi. Yulduz Usmonova va rep-qo‘shiqchisi San Jay o‘rtasida yuzaga kelgan mojaro ijobiy yakun topdi.

O‘zbek komik aktrisasi Halimaxon Ibrohimova Instagramdagi sahifasida Yulduz Usmonovaning tug‘ilgan kunida olingan videoni joylashtirdi.

San Jay Yulduz Usmonovaning tug‘ilgan kuni munosabati bilan unga ajoyib guldasta sovg‘a qildi.

Shuningdek, u Usmonovadan uzr so‘radi.

“Agar men sizni bir nima bilan xafa qilgan bo‘lsam, siz meni kechirishingiz kerak!”, - dedi u.

Yulduz Usmonova mehmon tabrigini qabul qiladi.

Keyinchalik San Jay stolga o‘tirib, "Karvon" romantik qo‘shig‘ini kuylaydi.

San Jay “O‘zbekkonsert” rahbari unga o‘zoq kutilgan litsenziyani berishini va’da qilganidan so‘ng Usmonova oldiga kelganini aytadi.

San Jay o‘z so‘zida, shu masala ijobiy hal etilganligi uchun “O‘zbekkonsert” direktori va shaxsan Yulduz Usmonovaga minnatdorlik bildirdi.