Namanganda talaba is gazining navbatdagi qurboni bo‘ldi

Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Dastlabki xabarga ko‘ra, oshxonadagi gaz plitasidan sizib chiqqan tabiy gaz sabab bo‘lgan.
Sputnik

TOShKENT, 26 dek — Sputnik. Namangan Qurilish institutining yuqori kurs talabasi tabiy gazdan zaharlanib, voqea joyida vafot etgan, deb xabar qildi O‘zbekiston IIV matbuot xizmati.

Ko‘rinmas qotildan saqlaning

Xabarda aytilishicha, talaba vaqtincha Namangan shahar 3-mikrorayonda yashagan va uyi oshxonasida gaz plitasidan sizib chiqqan tabiy gazdan zaharlanib, voqea joyida vafot etgan. 

Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida bir yoshli qizaloq ko‘mir isidan zaharlanib vafot etgani haqida xabar bergandik.