Xayriya ko‘magi: Qarshida ta’mirlangan internat uy foydalanishga topshirildi

Kapital xarajatlarning umumiy summasi 22 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ni tashkil etadi.
Sputnik

TOShKENT, 25 dek – Sputnik. Qarshi shahridagi nogiron bolalarga mo‘ljallangan “Muruvvat” internat uyi kapital rekonstruksiyadan so‘ng foydalanishga topshirildi.

Xayriya loyihasi “Gazprombank” aksiyadorlik jamiyati, “O‘zbekneftegaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Rivojlanish strategiyasi” markazi va boshqa hamkorlar ko‘magida amalga oshirildi.

Xayriya ko‘magi: Qarshida ta’mirlangan internat uy foydalanishga topshirildi

Rekonstruksiya davomida bir necha korpuslar buzib tashlandi, yangi oshxona va bosh korpusni oshxona bloki bilan bog‘lovchi yangi binolar qurildi.

Xayriya ko‘magi: Qarshida ta’mirlangan internat uy foydalanishga topshirildi

Bolalar va xodimlar qulayligi uchun kasalxona lifti o‘rnatildi, barcha palatalarda havoni konditsionerlash va shamollatish tizimlari montaj qilindi.

Xayriya ko‘magi: Qarshida ta’mirlangan internat uy foydalanishga topshirildi

Shuningdek, quvvati va tejamkorligi bilan ajralib turuvchi qozonxona o‘rnatildi. Zarur normativlarga  mos ravishda hududga kanalizatsiya tarmog‘i tortildi, o‘t o‘chirish bo‘yicha 100 tonna suv sig‘imiga ega yangi tizim o‘rnatildi.

“Muruvvat” internat uyi yangi mebel bilan jihozlandi va yon-atrofdagi hudud to‘liq obodonlashtirildi. Kapital xarajatlarning umumiy summasi 22 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ni tashkil etadi.