Ne’matov: Hindiston salohiyati afg‘on inqirozi yechimida yordam berishi kerak

Samarqandda kelgusi yilda Markaziy Osiyo davlatlari plyus Afg‘oniston va Hindiston formatida uchrashuv o‘tkaziladi. Tadbir davomida afg‘on muammosini hal etishda muzokaralar jarayoniga jadalli berish rejalashtirilgan
Sputnik

Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Toshkentda o‘tkazilgan brifing davomida ma’lum qildi.

O‘zbekiston va Tojikiston Afg‘oniston chegarasidagi vaziyatni muhokama qildi

Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, Hindiston kabi salmoqli tashqi siyosiy o‘yinchi Qobulning nafaqat Toshkent bilan, balki butun Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan munosabatlariga pozitiv turtki berishi mumkin.

"Hindiston ulkan insoniy, iqtisodiy va moliyaviy resurslarga ega. Hindiston bilan afg‘on muammosi bo‘yicha hamkorlik katta samara beradi, ayniqsa, infratuzilma loyihalari bo‘yicha. O‘zbekistondan hind okeaniga eng qisqa yo‘l Afg‘oniston orqali o‘tadi, shu bois, janubda joylashgan qo‘shnimiz bilan hamkorlik strategik xarakterga ega", - deb qayd etdi Ne’matov.

Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, Markaziy Osiyo davlatlari plyus Afg‘oniston va Hindiston formatidagi uchrashuv 2019-yilga rejalashtirilgan.

AQShning Afg‘onistondan muayan kontingentni chiqarish rejasiga izoh berar ekan, vazir o‘rinbosari joylarda hali bunga buyruq bo‘lmaganini va ushbu masala ustida ish davom etayotganini hamda bu borada qo‘shimcha ma’lumotlarga Toshkent ega emasligini qayd etdi.

TIV vakilining to‘liq izohini Sputnik O‘zbekiston podkastida rus tilida tinglashingiz mumkin.

Ne’matov: Hindiston salohiyati afg‘on inqirozi yechimida yordam berishi kerak