“Beldirsoy”da uch kishi qor ko‘chkisi ostida halok bo‘ldi

Sodir bo‘lgan holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 25 dek – Sputnik. 2018-yil 24-dekabr kuni Toshkent viloyati FVB tezkor navbatchisidan olingan ma’lumotiga ko‘ra, soat 16:00 larda Bo‘stonliq tumani “Beldirsoy” MFY hududida joylashgan “Beldirsoy” sport majmuasining “Dor yo‘lagi” (kanat yo‘li) hududida 3 nafar fuqaro (M.M. 1994 y.t., M.M. 1999 y.t., M.S. 1999 y.t.) snoubord sport turi bilan shug‘illanish jarayonida, ta’qiqlangan xavfli hududda harakatlanishlari natijasida qor ko‘chkisi yuzaga kelgan, oqibatda ular qor uyumlari ostida qolib vafot etganlar.

O‘zbekistonga salqin va nam havo massalari kirib keladi - FVV

Voqea joyida Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida fuqarolarning jasadlari soat 19:05 da qor uyumlari ostidan olib chiqildi.

Sodir bo‘lgan holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

FVV yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalarni oldini olish maqsadida tog‘li hududlarda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish so‘ralgan.