O‘zbekistonga salqin va nam havo massalari kirib keladi - FVV

Ertaga Qozog‘iston orqali Kaspiy dengizi hududlaridan deyarli salqin va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 24 dek – Sputnik. Favqulodda vaziyatlar vazirligi 25-29 dekabr kunlari mamalakat bo‘ylab kuzatiladigan ob-havo haqida xabar qildi.

O‘zbekistonda bir necha kun davomida qor yog‘adi

Xabarda aytilishicha, 25-26 dekabrda Qozog‘iston orqali Kaspiy dengizi hududlaridan deyarli salqin va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. 25-dekabrda Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida, 26-dekabrda respublika hududlarining ko‘p qismida biroz yog‘ingarchilik bo‘ladi. Havo harorati 25-dekabrda kechasi -5...0 daraja, kunduzi +2...+7 darajani, 26-dekabrda kechasi -3...+2 daraja, kunduzi +5...+10 darajani tashkil etadi.

27-28 dekabrda quruq va iliq ob-havo o‘rnashadi, kunduzgi havo harorati +10...+15 darajagacha, janubda esa +16...+18 darajagacha ko‘tariladi.

29 dekabrda Kaspiy dengizi hududlaridan yana deyarli salqin va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.  Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 0...+5 daraja, kunduzi +7...+12 daraja bo‘ladi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda tuman tushishi kutilmoqda.