TOShKENT, 24 dek – Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 25-dekabrdan boshlab yangi qiymatini belgiladi.
Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 13,96 so‘mga ko‘tarilib, 8 339,55 so‘m tashkil qildi.
Yevro kursi ham 65,83 so‘mga oshib, 9 479,57 so‘mni tashkil qildi.
Rossiya rubli esa 3,79 so‘mga kamaydi va 120,91 co‘mni tashkil qildi.
Markaziy bank xorijiy valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.