Eng ko‘p maosh oladigan top-modellar - Forbes

Sputnik

AQShning Forbes jurnaliga ko‘ra, 2018-yilda jahonning eng yuqori maosh oladigan modeli 23 yoshli Kendall Jenner bo‘ldi. U shu yilda 22,5 million dollar ishlab topdi.

Ikkinchi pog‘onada amerikalik super model va Victoria’s Secret modeli - Karli Kloss, u bir yil ichida 13 million dollar daromad qildi.

Reytingni uchinchi o‘rinni Krissi Teygen egalladi, uning yillik maoshi 11,5 million dollarni tashkil qildi.

Sputnik fotojamlanmasida birinchi o‘ntalik bilan tanishingiz mumkin.