Shavkat Mirziyoyev Madaminjon ota oilasiga hamdardlik bildirdi

Yirik jamoat arbobi, “Nuroniy” jamg‘armasining taniqli vakili, Madaminjon ota Hasanov shu yil 22-dekabr kuni 94 yoshida vafot etdi.
Sputnik

TOShKENT, 23 dek – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 23-dekabr kuni Madaminjon ota Hasanov xonadoniga tashrif buyurib, uning farzandlari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Shavkat Mirziyoyev Madaminjon ota oilasiga hamdardlik bildirdi

Yirik jamoat arbobi, “Nuroniy” jamg‘armasining taniqli vakili, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Madaminjon ota Hasanov shu yil 22-dekabr kuni 94 yoshida vafot etdi. 

Qur’on tilovat etilib, marhumning haqiga duo qilindi.