Ayol qasos olish hissi sababli xiyonat qilishi mumkin – psixolog

Oilaviy psixologning so‘zlariga ko‘ra, erkak va ayol xiyonati biroz farq qiladigan sabablarga ega.
Sputnik

Sputnik Tojikistonga oilaviy psixolog, “Baxtli oila” markazi mutaxassisi Natalya Panfilova er-xotin o‘rtasida xiyonat sabablari haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

“Xiyonatning asosiy sababi - er va xotin o‘rtasidagi norozilik. Turli sabablar bilan ular o‘zaro gaplasha olmaydilar – qo‘rquv yoki munosabatning yaxshilanishiga ishonch qolmagan. Shuning uchun ular yetishmagan narsani tashqarida izlashga tushadi. Ayollarda qasos olish motivi ham bo‘ladi. Agar ayol turmush o‘rtog‘ini xiyonat qilganlikda gumon qilsa, bunga javoban u shunday “ijodiy eksperiment” o‘tkazishi mumkin”, - dedi Panfilova.

Psixologning to‘liq sharhini rus tilida quyidagi radiopodkast orqali tinglashingiz mumkin.