Xalqaro xavfsizlik sohasidagi maxsus mediametrik tadqiqotlar markazi eksperti Igor Nikolaychuk yadro urushiga oz qolgani haqidagi shov-shuvlarga izoh berar ekan, bu G‘arbning o‘ziga e’tibor qaratish uchun amalga oshirayotgan siyosiy o‘yini ekanligini aytdi.
"Mening fikrimcha, yadroviy portlashlar xavfi ehtimoli haqida gapirish uchun siyosatchilar katta mas’uliyatni his qiladilar", deydi Sputnik radiosi efirida Igor Nikolaychuk.
"Qanday gap-so‘zlar aylanishidan qat’i nazar, yadroviy jilovlab turish, Rossiya va AQSh o‘rtasidagi yadroviy tenglik mavjud. Boshqa mamlakatlar katta yadroviy salohiyatga ega emas", - deb qayd etadi eskpert. Nikolaychukning to‘liq fikrlarini quyida rus tilidagi podkastda tinglashingiz mumkin.
Yadroviy armageddon haqidagi shov-shuvlar G‘arbning siyosiy o‘yinidir - Nikolaychuk
© Sputnik