Toshkent hokimi yosh tadbirkorni taqdirladi

Ulug‘bek Hasanov 19 yoshda. U innovatsiya texnologiyalari va onlayn-biznesga qiziqadi. 2017-yilda Yashnobod qurilish kollejini tugatgan.
Sputnik

TOShKENT, 21 dek – Sputnik. Toshkent shahar hokim vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayev poytaxtlik yosh tadbirkor Ulug‘bek Hasanovni taqdirladi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.

“Yosh tadbirkor, biznesmen, Drone Group onlayn-maktablar xalqaro tarmog‘i asoschisi Ulug‘bek Hasanov muvaffaqiyatli faoliyati uchun hokim vazifasini bajaruvchi nomidan minnatdorlik va esdalik sovg‘asi bilan taqdirlandi”, - deb keltirilgan xabarda.

Ulug‘bek Hasanov 19 yoshda. U innovatsiya texnologiyalari va onlayn-biznesga qiziqadi. 2017-yilda Yashnobod qurilish kollejini tugatgan. Rus va ingliz tillarida erkin gaplashadi.

Olmaliq yoshlari zakovatda kuch sinashdi

Bugungi kunda Hasanov o‘zining shaxsiy onlayn-maktabini tuzishda davom etmoqda. Mazkur onlayn-maktabda chet tillari, binesni boshlash asoslari, shuningdek, salomatlikni saqlash masalalari ko‘rgazmali kontent ko‘rinishida o‘rgatiladi.

Toshkent hokimiyati matbuot xizmati xabarida aytilishicha, ayni damda 5 ta onlayn-maktab faoliyat yuritmoqda, u yerda butun dunyodan 2000 dan ortiq foydalanuvchilar o‘qimoqda. Maktablarda 50 nafar o‘qituvchi va mutaxassis masofali tarzda ishlamoqda.