Olmaliq yoshlari zakovatda kuch sinashdi

O‘yinda kombinatning barcha korxonalari jamoalari va kombinat tasarrufidagi kollejlar va TDTU hamda MISiS Olmaliq filiallari jamoalari o‘zaro bellashishdi
Sputnik

TOShKENT, 21 dek - Sputnik. Toshkent viloyati Olmaliq shahrida yoshlar o‘rtasida intellektual bahs o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda "MISiS" axborot xizmati.

"Olmadliqda "ZAKOVAT" intellektual tanlovi bo‘yicha "Yoshlar ittifoqi kubogi" uchun festival o‘yini bo‘lib o‘tdi", - deyiladi xabarda.

MISiS filialining tantanali ochilishi - eng yorqin foto-suratlar

O‘yinda kombinatning barcha korxonalari jamoalari va kombinat tasarrufidagi kollejlar va TDTU hamda MISiS Olmaliq filiallari jamoalari o‘zaro bellashishdi.

O‘yin juda shiddatli va shaffof o‘tdi. Eng qizig‘I, o‘yinda jamoalar jamoa nomlari emas, maxfiy tartib raqamlari ostida qatnashishdi, ya’ni qaysi raqam ostida qaysi jamoa o‘ynayotganligini jamoaning o‘zidan boshqa hech kim bilmadi. Faqatgina so‘nggi 30-savoldan so‘ng jamoalar o‘z raqamlarini hakamlarga oshkor qilishdi.

Murosasiz kechgan baxsda Avtomobil transport boshqarmasi 3-o‘rinni, Sanoat temiryo‘l transporti boshqarmasi 2-o‘rinni, Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi yoshlari esa 1-o‘rinni qo‘lga kiritib "YoShLAR ITTIFOQI KUBOGI" sovrindori bo‘lishdi.

Barcha ishtirokchilarga kombinat faxriy yorlig‘i, g‘oliblarga esa diplom va pul mukofotlari topshirildi.