Nurafshon shahrida yuqori servisga ega multibrend avtosalon ochildi

Avtosalonda avtosug‘urta, avtomobil xarid qilish jarayonida davlat raqamlarini rasmiylashtirish kabi xizmatlar ko‘rsatiladi. Qo‘shimcha qulaylik sifatida avtosalonda bank filiali ochilgan.
Sputnik

TOShKENT, 21 dek - Sputnik. 20 dekabr kuni Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida O‘zbekistondagi ilk multibrend avtosalonining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi GM Uzbekistan matbuot-xizmati.

"Chevrolet Tracker"ning narxi va savdo joyi ma’lum qilindi

Mazkur zamonaviy avtosalonning vazifasi O‘zAvto kompaniyasi tarkibiga kiruvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar, katta yuk texnikalari hamda ehtiyot qismlarini sotish, shuningdek ularga servis, sotuv va davriy kafolatli texnik xizmat ko‘rsatish sanaladi.

Zamonaviy multibrend avtosalonning shourumida doimiy ravishda "GM Uzbekistan", "SamAvto", "JV MAN Auto – Uzbekistan" hamda "UzAuto Trailer" kabi milliy avtosanoat korxonalarining Chevrolet, MAN, Isuzu va Kamaz brendlari doimiy ravishda taqdim etiladi.

Bundan tashqari avtosalonda avtosug‘urta, avtomobil xarid qilish jarayonida davlat raqamlarini rasmiylashtirish kabi xizmatlar ko‘rsatiladi. Qo‘shimcha qulaylik sifatida avtosalonda bank filiali ochilgan.

Tadbirda 10-dekabr kuni sotuvi boshlagan yangi model, Tracker avtomobilining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Xabarga ko‘ra, kompaniya qisqa muddatlarda 1000 dan ortiq yangi modeldagi avtomobillarni sotgan.

Eslatib o‘tamiz, mazkur modelni yirik uzelli yig‘ish ishlari GM Uzbekistanning Toshkent shahridagi filialida amalga oshiriladi.