Ellikqal’adagi yong‘in oqibatida to‘rt kishi qurbon bo‘ldi

Yong‘inga to‘rtta o‘t o‘chirish ekipajlari jalb etilgan
Sputnik

TOShKENT, 21 dek – Sputnik.  Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumanida joylashgan uylarning birida yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar qildi O‘zbekiston IIV YoXBB matbuot-xizmati.

Xabarda aytilishicha, yong‘in oqibatida uyning tomi, shifti va uy jihozlari hamda "VAZ 2106 Jiguli" rusumli mashina zararlangan.

Yong‘inni bartaraf etishga 4 ta o‘t o‘chirish ekipajlari jalb etilgan.

O‘tni o‘chirish vaqtida bino ichidan shu uyda yashagan to‘rt fuqaroning kuygan jasadlari topilgan.

Yong‘in kelib chiqishi sababi noma’lum.