Vasilyev O‘zbekiston sayohati haqida: Toshkentdagi bozorda meni deyarli tilka pora qilishdi

Rossiyalik mashhur moda tarixchisi Aleksandr Vasilyev Sputnik O‘zbekiston tahririyatiga tashrif buyurib, O‘zbekiston bo‘ylab qilgan sayohati haqida so‘zlab berdi.
Sputnik

TOShKENT, 20 dek – Sputnik, Mariya Naumenko. San’atshunos Aleksandr Vasilyev chin qalbdan O‘zbekistonni yaxshi ko‘radi. Buxoro bozorlarida yangi liboslar sotib olish, Toshkentdagi O‘zbekiston Davlat san’at muzeyida suratlarni tomosha qilish uning jonu dili. Aleksandr Vasilyev Sputnik O‘zbekiston  muxbiriga o‘zining O‘zbekiston bo‘ylab qilgan sayohati haqida batafsil hikoya qilib berdi.

- Aleksand Aleksandrovich, bu sizning O‘zbekistonga birinchi tashrifingiz emas. O‘zbekistonda sizni qanday kutib olishadi?

- O‘zbekistonda meni do‘stona kutib olishadi. Har bir shaharda ko‘plab insonlar men bilan suratga tushib, dastxat olishni xohlashadi.

Taniqli teleboshlovchi Aleksandr Vasilyev Xivada raqsga tushdi

Shunday holatlar bo‘ladiki, ayniqsa, Toshkentda: meva-cheva sotuvchi ayollar sabzavot sotuvchi ayollar bilan urushib ketishadi va mening yengimdan ikki tarafga tortib, aynan ularning peshtaxtalari oldiga borishimni istashadi. Bu odamni quvontiradi, albatta. Chunki men Sharqda aziz mehmon, O‘zbekiston esa turizm uchun yuksak darajadagi mamlakat.

- Cizni mamlakat nimalari bilan o‘ziga jalb qiladi?

- Biz Ipak yo‘liga tashrif buyuramiz. Odatda yo‘limizni Xivadan boshlaymiz, keyin Buxoro, Samarqand va Toshkent sari yo‘l olamiz. Shu sayohatning o‘zi mehmondo‘st va juda nazokatli mamlakatning boy tarixi, arxitektura va urf-odatlari haqida tasavvurga ega bo‘lish uchun kifoya.

Menga Xiva juda yoqadi. Chunki u uzoqda joylashgan va turistlar nigohida Samarqand va Toshkentga qaraganda unchalik mashhur emas. Binolar, savdo va turmush tarzining o‘zgarmaganligi meni hayratga soladi. Chunki bu shaharda hozirgacha yog‘och o‘ymakorligi, to‘qimachilik, mo‘ynado‘zlik, kulolchilik bilan shug‘ullanuvchi ustaxonalar mavjud. Bularning barchasi o‘zining qadimiy dastlabki holatini saqlab qolgan. Toshkentga yaqinlashgan sari turistlar didiga moslashtirilgan narsalar ko‘payib boradi, ayniqsa, zargarlik buyumlari.

Buxoro - juda qadimiy shahar. Bu shaharda o‘z vaqtingni o‘tkazging keladi. Samarqand – muhtasham va ziynatli shahar. Lekin bu yerda qazish ishlari olib borilmagan, eski shaharning kuyik qoldiqlari topilmagan. Ular topilgunga qadar yashashni orzu qilaman. Va biz qadimiy Samarqand hunarchiligini o‘rganamiz.

Vasilyev O‘zbekiston sayohati haqida: Toshkentdagi bozorda meni deyarli tilka pora qilishdi

Toshkent O‘zbekistonning boshqa shahariga nisbatan ancha yevropalashgan shahardir. Ammo u ham o‘zining an’analari bilan go‘zal.

Bu yerga urush vaqtida ko‘plab qochoqlar kelgandi, ular orasida ziyolilar ham juda ko‘p edi. Bu akademik, ilmiy, ajoyib san’at muzeyi bor shahardir (tahr.: O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi). Men bu muzey kolleksiyalarini juda yaxshi ko‘raman. Afsuski, u ta’mirlash ishlari uchun yopiladi va biz uzoq muddat ushbu san’at asarlaridan barhramand bo‘lolmaymiz.

Men Toshkentda kinorejissor Rustam Hamdamovning uyida bo‘ldim. Uning suratlar kolleksiyasidan juda rohatlandim. Uning singlisi bilan do‘stlashdim. Bu hammasi juda ta’sirli va chiroyli edi.

O‘zbekiston turistlar orasida mashhur. Hozir mamlakatga tashrif buyurish urfga kirgan. Ammo men davlat sayohatchilarning katta oqimini uddalay olishiga ishonchim komil emas. Masalan, Xivada birorta lyuks-mehmonxona yo‘q, faqat kichik mehmonxonalar bor.

- Odatda siz O‘zbekistondan nima olib kelasiz?

- Har doim o‘zimga yangi chopon, yangi sharf sotib olaman – bu ajoyib deb hisoblayman. Moskvada bu chopon va sharflarni “Modniy prigovor” syomkalarida kiyaman yoki ularni o‘zim bilan boshqa mamlakatlarga olib borib, jon-jon deb kiyaman, masalan, Fransiyada va Litvada. Bularning barchasi men uchun qadrli.

Vasilyev O‘zbekiston sayohati haqida: Toshkentdagi bozorda meni deyarli tilka pora qilishdi

Mening fikrimcha, uyda o‘zbek kulolchilik buyumlari, milliycha tikilgan yostiq yoki dasturxon bo‘lishi ko‘zni quvontiradi.

- O‘zbekiston o‘zining milliy liboslari va gazlamalariga boy. Lekin odamlar milliy liboslarni faqat bayram kunlari kiyishadi. O‘zbeklar o‘zlaring milliy liboslarini har kuni kiyishlari uchun nima qilish kerak?

- Odamlarni har kuni milliy libos kiyib yurishga majburlab bo‘lmaydi. Bu g‘alati ko‘rinadi. Men milliy liboslarni har kun kiyish kerak, deb hisoblamayman. O‘zbekistonda milliy liboslarni kam kiyishadi, deb ham hisoblamayman. Bundan tashqari, ko‘plab dizaynerlar o‘zlarining ishlarida milliy uyg‘unlikni faol ishlatishmoqda.

Vasilyev O‘zbekiston sayohati haqida: Toshkentdagi bozorda meni deyarli tilka pora qilishdi

Men O‘zbekiston o‘zining milliy madaniyatidan uzoqlashgan, deb his qilmayman. U yerda, aksincha, hammasi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan.

- O‘zbek dizaynerlari qay darajada? Ular jahon modelyerlari bilan raqobatlasha oladilarmi?

- O‘zbek modasi jahon brendlari bilan raqobatlasha olmaydi, lekin raqobatlashishi shart ham emas. Albatta, o‘zbek dizaynerlari tez-tez moda namoyishlari uchun Parij va Milanga borib turishadi, biroq buning ma’nosi va bu uchun pul bormi? Biror bir mahalliy dizayner biror bir mamlakatda har bir aeroportda qo‘yilgan brendlar bilan raqobatlasha olmaydi.

Shu o‘rinda o‘zbek modasing o‘zgacha jozibadorligi bor. O‘zbekistonda barcha gazlamalar qo‘lda to‘qilgan, shuning uchun ularga dunyoda teng keladigani yo‘q.

Mana ko‘rasiz Rossiyada ro‘mol o‘rash moda bo‘ladi – Aleksandr Vasilyev

O‘zbek libosi dizayni hamisha o‘ziga xos xususiyatga bo‘lib kelgan. Shablon qilib qo‘yishning imkoni yo‘q, jahon modasining esa bunga toqati yo‘q. Odatda, o‘zbek gazlamasi juda ensiz, 50-60 santimetrdir. Undan libos tikish qiyin. O‘zbek gazlamasi juda chiroyli. Mening chemadoni o‘zbek gazlamasi bilan liq to‘la. O‘zbekistondan bo‘sh chamadon bilan qaytgan hech qanday insonni uchramadim. Axir, bundan tashqari mo‘ynalar ham borku!

Men hammaga go‘zal mamlakat – O‘zbekiston bo‘ylab ajoyib sayohat qilishlarini tilayman. Chin qalbimdan hayoti davomida hech bo‘lmaganda bir marta borib ko‘rishini tavsiya qilaman. Inson qalbini anglash uchun kerak  bo‘lgan joydir. Mamlakatda an’analar, vaqt yaqinligi his etasan va abadiylik va foniy nima ekanligini tushunib yetasan. Men kelajakda O‘zbekistonga uzum va turshak yeyish uchun jon deb uchib kelaman.