TOShKENT, 19 dek - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 32 nafar xorijliklarni va ular farzandlarini Rossiya fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Mazkur hujjat huquqiy axborot rasmiy internet portalida nashr etildi.
Rossiya fuqaroligiga qabul qilinganlar orasida bir nafar o‘zbekistonlik, to‘rt nafar tojikistonlik, bir nafar italiyalik, yetti nafar ozarbayjonlik, uch nafar afg‘onistonlik, bir nafar armanistonlik, uch nafar vyetnamlik hamda ulardan birining ikki nafar farzandi, bir nafar hindistonlik ikki farzandi bilan, besh nafar Moldoviya, bir nafar Ukraina, shuningdek bir nafar Fransiya fuqarosi ham bor.
Bundan tashqari, Putin Moskvada tug‘ilgan qizning Rossiya fuqaroligidan chiqish to‘g‘risidagi arizasini qanoatlantirgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning noyabr oyida 15 nafar o‘zbekistonlik Rossiya fuqaroligini olgan edi.