Tramp: biz Suriyada "ID" ustidan g‘alaba qozondik

Avvalroq Amerika OAVlari AQSh Qurolli kuchlari Suriyaning shimoliy-sharqiy qismidan o‘z harbiy qismlarini to‘liq olib chiqish uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda, deya xabar berishgan edi.
Sputnik

TOShKENT, 19 dek - Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining Twitterdagi sahifasida Suriyada IShID ustidan to‘liq g‘alaba qozonilganini e’lon qildi.

“Biz Suriyada IShID ustidan g‘alaba qozondik, prezidentligim vaqtida u yerda bo‘lishimizning yagona sabab shu edi”, deb yozdi Amerika yetakchisi. 

Shu bilan birga, AQSh ushbu mamlakat hududida hamkorlar bilan ishni davom ettirishga hozir. Bu haqda AQSh Suriya hududidan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketayotgani haqidagi xabarga izoh bergan polkovnik Rob Mening ma’lum qilgan.

Chorshanba kuni ertalab Amerika OAVlari AQSh Qurolli kuchlari o‘z harbiy qismlarini Suriyaning shimoli-sharqiy qismidan to‘liq olib chiqish uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda, deya xabar berishgan edi.

Qurolli nizo Suriyada 2011-yildan buyon davom etmoqda. Rossiya vaziyatni tinchlik yo‘l bilan hal qilishga harakat qilmoqda.