Tojikistonlik ayollarga hijob o‘rash taqiqlanishi mumkin

Tojikiston hukumati tojik ayollarining hijob va satr o‘rashi milliy urf-odat va madaniyatga zid ekanligini ta’kidlab kelmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 19 dek – Sputnik. Tojikiston hukumati ayollarning davlat va xususiy muassasalariga hijob o‘rab kirishini qonun bilan taqiqlamoqchi. Tojik telegraf agentligi bergan xabarga ko‘ra, tegishli qonun loyihasi Tojikiston hukumati tomondan tayyorlanmoqda. Mazkur qonun tashabbuskori hukumat qoshidagi Xotin-qizlar va oila qo‘mitasidir.

“Hozirgi vaqtda Tojikiston Qonunchilik milliy markazida qonun loyihasini tayyorlovchi ishchi guruh tashkil etilgan. Ushbu qonun loyihasi ayollarning huquqiy mulkidan qat’iy nazar barcha muassasa, tashkilot va korxonalarga hijobda va satrda kirishini taqiqlaydi”, - deyilgan xabarda.

Hijob aks ettirgan go‘zallik

Bu Tojikistonda qonun bilan ayollarning hijob o‘rab yurishini cheklovchi birinchi urinishdir. Bugungi kunga qadar hukumat aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borishga harakat qildi. Tojik ayollarining hijob va satr o‘rashi milliy urf-odat va madaniyatga zid ekanligini ta’kidlab kelishayotgandi.

Hukumat ayollarga hijob, satr, burka va boshqa musulmon liboslari turi va qora rangli bosh kiyimlarni kiymaslikni tavsiya qiladi.

Tojikiston maktab o‘quvchilar kiyinish talablari: qizlarga hijob, kalta yubkalar mumkin emas˃˃˃

Shu bilan birgalikda, huquqni himoya qiluvchilar va shu kabi liboslarni kiyadigan ayollar mazkur cheklov inson huquqi va erkinligiga zid, deb hisoblashmoqda.