Yevropa va Osiyo chegarasidagi oliygoh: o‘zbekistonliklar uchun yangi o‘quv dasturlar tayyorlandi

Janubiy Ural davlat universiteti Chelyabinsk shahrida joylashgan.
Sputnik

TOShKENT, 19 dek – Sputnik. Janubiy Ural davlat universiteti Rossiyaning Yevropa va Osiyo qismida, Chelyabinsk shahrida joylashgan. Qulay joylashuv va yaxshi ta’lim sifati tufayli bugungi kunda universitetda 52 ta davlatdan kelgan ikki mingdan ortiq talaba tahsil olmoqda.

Talabalarning qishki ta’tili qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonlik talabalar o‘rtasida qanday yo‘nalishlar ommabop bo‘lmoqda? Xalqaro mehnat bozorida universitet bitiruvchilari o‘z o‘rnini topishmoqdami?

Bu savollarga Janubiy Ural davlat universiteti xalqaro faoliyati bo‘yicha prorektor Olga Yaroshenko Sputnik muxbiriga javob berdi.

- Bugungi kunda universitetda Markaziy Osiyodan, xususan O‘zbekistondan nechta talaba tahsil olmoqda? Ular qanday tayyorgarlik yo‘nalishlarini tanlashgan?

- universitetimizda Markaziy Osiyodan ko‘pchilik talabalar tahsil olmoqda, xususan O‘zbekistondan 130 nafar talaba tahsil olmoqda.

Xorijiy abituriyentlar turli yo‘nalishlarni tanlashadi. Ko‘p holatlarda tanlov abituriyentlarning ular kelgan davlatlarining iqtisodiyoti va universitetdagi budjet o‘rinlariga bog‘liq.  

Yevropa va Osiyo chegarasidagi oliygoh: o‘zbekistonliklar uchun yangi o‘quv dasturlar tayyorlandi

- Universitetda xorijiy talabalar bilan ishlashda nimaga e’tibor qaratilgan?

- Albatta, bizga o‘qish uchun kelgan talabalar uchun mas’uliyatni his qilamiz. Bizning asosiy maqsadimiz – ular nafaqat universitetga kirishi, shuningdek uni muvaffaqiyatli birishi juda muhim.

Biz xorijiy tinlovchilarni albatta aeroportda kutib olamiz. Yotoqxonaga joylashishga yordam beramiz. Markazimiz yangi kelgan tinglovchilarga notanish vaziyatga moslashishga yordam beradi. Har bir birinchi kurs talabasiga shu davlatdan kelgan yuqori kurs talabasi biriktiriladi. Tinglovchilarimizga shaharni ko‘rsatamiz. Kerakli narsalar bilan ta’minlaymiz. Ular uchun migratsiya siyosati va Rossiyada bo‘lish qoidalarini tushuntirish bo‘yicha “axborot kunlari”ni tashkil qilamiz.

Mirziyoyev O‘zbekistonda malakali kadrlar yetishmasligi haqida bayonot qildi

Bundan tashqari, biz qobiliyatli sportchilarni tanlab, ularni Sport, turizm institutiga mashq qilish uchun yuboramiz. Masalan, talabalar o‘rtasida erkin kurash juda ommalashgan, bizda sport ustalari bor.

Universitetda xorijiy talabalar uyushmasi bor, uning tarkibiga barcha davlat vakillari kiradi.

Ularda turli davlatlardan kelgan vakillari bilan muloqot qilish imkoniyati bor.

Rossiya tinglovchilari bilan nafaqat o‘quv mashg‘ulotlarda, balki birgalikdagi faoliyat davomida rus tilini o‘rganishlari mumkin.

- Abituriyentlarga qanday talablar bor (til bilish darajasi, umumiy tayyorgarlik, olipiadalarda ishtirok etish)?

- Afsuski, olimpiadalarda ishtirok etish xorijiy fuqarolar uchun hisobga olinmaydi. O‘zbekistonlik talabalar test topshirishadi. Unda rus tili va tanlangan yo‘nalishga qarab fizika, kimyo yoki matematika fanlaridan sinov topshirishadi.

- Universitet bitiruvchilari jahon mehnat bozorida o‘z o‘rinlarini topishadimi?

- Jahonda 200 mingdan ortiq universitetlar bor. Ularning birinchi mingtalikka kirganligimizdan fahrlanamiz. Janubiy Ural davlat universitetida ta’lim olgan talabalar nafaqat Rossiyada, balki jahon mehnat bozorida o‘z o‘rinlarini topishmoqda.

Bizda loyiha ta’limi faol amalga oshirilmoqda. Talabalarimizda jahon standarlariga javob beradigan laborotoriyalarda ishlash imkoniyati mavjud. Kelgusida yangilarini ochishni rejalashtirganmiz.

Talabalarimiz turli davlatlardan kelgan tinglovchilar bilan tahsil olishadi, ular ingliz tilini yaxshilab o‘rganib olishi mumkin.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimi tubdan takomillashtiriladi - prezident qarori loyihasi

Bizda xorijiy o‘qituvchilar ishlashmoqda, xalqaro laboratoriyalarga jahon mavqeyidagi professorlar rahbarlik qilishmoqda.

Bundan tashqari, talabalarimiz ingliz tilida so‘zlashuvchi o‘qituvchilari bilan o‘quv mashg‘ulot o‘tkazishlari mumkin. Bu hammasi yuqori darajadagi tayyorgarlik haqida dalolat beradi.

Yevropa va Osiyo chegarasida joylashgan universitet ikki qit’a qadriyatlarini saqlab qolamiz va talabalarimizga Yevropa va Osiyo mehnat bozorida talabga javob beradigan ta’limni beramiz.