Alisher Usmonovni Qozog‘iston prezidenti orden bilan mukofotladi

Qozog‘iston rahbari Nursulton Nazarboyev Mustaqillik kuni munosabati bilan milliarder Alisher Usmonovni I darajali "Do‘stlik" ordeni bilan taqdirladi.
Sputnik

TOShKENT, 19 dek - Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarbayev kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan Rossiya milliarderi Alisher Usmonovni I darajali "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotladi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Alisher Usmonov Putinga butun o‘zbek xalqi nomidan rahmat aytdi

Qozog‘iston TIV xabariga ko‘ra, Usmonov mukofotni davlat va jamoatchilik faoliyatidagi xizmatlari, Qozog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlantirishga, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashga qo‘shgan muhim hissasi uchun olgan.

Alisher Usmonovning kriminalga aloqasi yo‘q: Basman sudi qarori˃˃˃

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Alisher Usmonov va uning rafiqasi Irina Viner-Usmonovani III va II darajali "Vatan oldidagi xizmatlari uchun" ordenlari bilan taqdirlagan edi.