Abdulla Aripovning Qirg‘izistonga tashrifi qanday o‘tmoqda

Abdulla Aripov chegaradosh viloyatlardagi muxtor vakillari kengashining ikkinchi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Qirg‘izistonga keldi.
Sputnik

TOShKENT, 19 dek – Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Qirg‘iziston bosh vaziri Muhammadkaliy Abilgaziyev hamrohligida O‘shdagi Alisher Navoiy nomidagi maktabga tashrif buyurdi, deb xabar qildi Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati.

2018 yilda ochilgan maktab qurilishi va jihozlanishi uchun O‘zbekiston mablag‘ ajratgan.

Hukumat rahbarlari o‘quv koprus, oshxona, tantanalar zali va sport maydonchalarni ko‘zdan kechirishdi.

Shundan so‘ng, ular milliy tarixiy-arxelogik muzeyining “Sulaymon-Too” majmuasiga kelishdi.

Abdulla Aripov chegaradosh viloyatlardagi muxtor vakillari kengashining ikkinchi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Qirg‘izistonga tashrif buyurdi.

Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha ikki davlat bosh vazirlari bayonnoma va savdo-iqtisodiy va investitsiya masalalari bo‘yicha hamkorlik qilish “yo‘l xaritasi”ni imzolashdi.

“Yo‘l xarita”da savdo, sanoat kooperatsiyasi, karantin, veterinariya sohalari, banklararo hamkorlik qilish, bojxona tartibotlari soddalashtirish masalalarni o‘z ichiga oladi.