Rossiya prezidentining fuqarolikni berish bo‘yicha vakolatlari kengaytirildi

Rossiyaga ixtiyoriy ravishda ko‘chib o‘tishiga ko‘mak berish bo‘yicha davlat dasturi ishtirokchilari uchun ham fuqarolik olish soddalashtiriladi.
Sputnik

TOShKENT, 18 dek - Sputnik. Rossiya davlat dumasi Rossiya prezidentiga fuqarolikni soddalashtirilgan tartibda olish huquqiga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolar toifasini aniqlash huquqini beruvchi qonun qabul qildi, RIA Novosti xabariga asosan.

Rossiya fuqaroligini olgan xorijliklar soni ortmoqda

Qurolli to‘qnashuvlar yoki siyosiy rejim almashinuvi yuz berayotgan murakkab ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy vaziyatdagi mamlakatlarda yashovchi rossiyalik vatandoshlarga soddalashtirilgan tartibda Rossiya fuqaroligini olishga imkon beradi.

Rossiyaga ixtiyoriy ravishda ko‘chib o‘tishiga ko‘mak berish bo‘yicha davlat dasturi ishtirokchilari uchun ham fuqarolik olish soddalashtiriladi. Bu xorijda yashovchi, Rossiyada vaqtinchalik yashash haqida ruxsatnoma yoki istiqomat guvohnomasini olgan kishilarga taalluqli.

O‘n besh nafar o‘zbekistonlik Rossiya fuqaroligini oldi˃˃˃

Xabarda aytilishicha, bu qonun Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Ukrainadagi vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlashga imkon beradi.